O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryo tumanida karantin qoidalarini buzgan shaxsga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi
2020-04-07 | Jamiyat
Karantin e'lon qilinganiga qaramasdan 3 aprel` kuni soat taxminan 00:50 larda Sirdaryo tumani, “Sindarobod” mahallasi hududida joylashgan blok postda fuqaro U.N. o'ziga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinada niqobsiz kelib, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan Sirdaryo tumani IIB xodimlarini har xil kurakda turmaydigan uyatli so'zlar bilan so'kib, mayda bezorilik sodir etib, tuman IIB xodimlarining uni tinchlantirish borasidagi qonuniy talablarini bajarmagan.
Fuqaro U.N. o'zining yuqoridagi harakati bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi, 183-moddasi, 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to'plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Ma'muriy ishlar bo'yicha Sirdaryo tumani sudiga yuborilgan.
Ma'muriy ishlar bo'yicha Sirdaryo tumani sudining 3 apreldagi qaroriga asosan, fuqaro U.T.ga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlanib, qamoqda o'tirgan kunlari uchun undan 501 750 so'm qamoq harajatlari undirilishi belgilangan.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati