O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maishiy chiqindi uchun toʻlovlarni masofadan amalga oshiring

2020-04-06 | Texnologiyalar

Hozirgi vaqtda respublika boʻylab kechayotgan karantin davri sababli aholidan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun naqd pul yigʻimlari tashkil etilmayotganligi hamda naqd pul toʻlovlarni qabul qilish kassalari faoliyat yuritmayotganligi sababli sanitar-tozalash korxonalari, xususan “Maxsustrans“ hamda “Toza hudud“ DUKlari maxsus texnikalarini yonilgʻi moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan taʼminlash, ularga oʻz vaqtida taʼmirlash xizmati koʻrsatish hamda xodimlarni oylik ish haqini berishda muammolar yuzaga kelmoqda.

Bugungi epidemiologik vaziyatda shahrimiz hududlarining toza va ozoda boʻlishi esa juda muhim sanaladi. Sanitar-tozalash korxonalarining esa bu borada oʻrni beqiyos. Ular murakkab vaziyatga qaramay yurtdoshlarimizning ozodaligini taʼminlash borasida karantinga qaramay mehnat qilayotgan xodimlar sirasiga kiradi.
 
Bugungi barchamiz uchun murakkab vaziyatda imkoni boricha bizlarning ozodaligimizni taʼminlayotgan hamyurtlarimiz oʻz vaqtida maoshlarini olishlari uchun maishiy chiqindilarni olib chiqib ketilganligi uchun toʻlovlarni baholiqudrat amalga oshirish talab etiladi. Aks holda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar oylik maosh bilan taʼminlanishida muammolar yuzaga kelib, ular qisqartirilishiga olib kelinadi.
 
Bu borada abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining telegram ijtimoiy tarmogʻida @mibuzbot rasmiy kanali va Play Marketʼda Clean City Abonent ilovasi ishga tushirilgan.
 
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketilganligi uchun toʻlovlarni amalga oshirishingizni soʻraydi.
 
Shahrimiz ozodaligi bizning qoʻlimizda!

Поделиться