O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi Jahon banki vakillari bilan onlayn muloqot olib bordi

2020-04-04 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi Jahon banki vakillari bilan onlayn muloqot oʻtkazdi. 

Onlayn uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Innovatsion rivojlanish vazirining Xalqaro maslahatchisi Yerbol Suleymenov, vazirlikning Tijoratlashtirish boshqarmasi boshligʻi Jamoliddin Boboxonov ishtirok etdilar. Jahon banki tomondanLoyihalar rahbarlari Paulo Korrea va Yeralы Beksultan hamda Xususiy sektor boʻyicha mutaxassis Gauxar Ospanova qatnashdi.

Tomonlar Oʻzbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur loyiha amaliy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan boʻlib, tadqiqotlarning sifat va dolzarblik jihatdan yuqori darajada boʻlishiga xizmat qiladi.

Onlayn muloqot davomida loyihani amalga oshirish uchun avans mablagʻlarini taqdim etish uchun uchun shartnoma imzolash toʻgʻrisida muzokaralar olib borildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan avans mablagʻlaridan COVID 19 koronavirusiga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarga sarflash masalasi muhokama etildi.

Oʻz navbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va respublikamizda COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

Onlayn muloqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha konsepsiyani 2020-yilning may oyigacha tayyorlanishiga kelishib olindi. Tomonlar loyihani tezroq ishga tushirish uchun hamkorlikdagi ishlarni yana-da tezlashtirish lozimligini qayd etdilar. Jahon banki koronavirusga qarshi kurashga doir loyihalarni moliyalashtirishni qoʻllab quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Поделиться