O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mahalliy tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun qulaylik yaratildi
2020-04-04 | Iqtisodiyot
Avval xabar berilganidek, «O‘zstandart» agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining ASTM International tashkilot bilan Xamkorlik Bitimi imzolanib, Bitim doirasida o‘n uch (13000) mingdan ziyod AQSh standartlarini bepul olish va texnik qo‘mitalarda qatnashish imkoniyati yaratildi.
Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 1 aprel kuni AQShning ASTM International tashkiloti tomonidan tibbiy yuz maskalari va himoya kiyimlari uchun ishlab chiqilgan 24 ta standarti olindi.
Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tibbiy yuz maskalari va himoya kiyimlari maxsulotlarini jaxon standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, maxsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish xamda ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishni ko‘paytirishda xizmat qiladi.
ASTM International tashkiloti standartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki Agentlik xuzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti“ davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga murojaat qilishingiz mumkin.