O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

2020-03-30 | Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatan obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (oʻn million) soʻm miqdorida bir yoʻla pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini taʼminlasinlar.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti             Sh.Mirziyoyev

Поделиться