O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pochta aloqasi orqali pul o‘tkazmalari tariflari 50% gacha arzonlashtirildi

2020-03-30 | Texnologiyalar

Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

"O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyati yurtimiz aholisi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, 2020 yil 30 aprelgacha maxsus aksiyani e’lon qildi!

Endi "O‘zbekiston pochtasi" aksiyadorlik jamiyatning respublikamizning barcha hududlaridagi avtomatlashtirilgan pochta aloqasi ob’ektlari orqali yaqin insonlaringizga tez va oson tarzda elektron pul o‘tkazmalarini yuborishingiz mumkin. Pul o‘tkazmalari tariflari 50% gacha arzonlashtirildi!

Поделиться