O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning rossiyadagi elchixonasi axboroti
2020-03-30 | Siyosat
Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Firibgarlar Vatanga qaytishni istagan fuqarolar haqida “ma’lumotlar yig‘ish” va yo‘lovchilar “ro‘yxati”ni tuzishni boshlab yuborgan.
Bu kabi yolg‘on xabar va mish-mishlarga ishonmasligingizni va ularni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz. 2020-yilning 30-martidan 20-apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlari yopilib, aviaqatnov to‘xtatilmoqda. Elchixona Rossiyada qolishga imkoniyati mavjud fuqarolarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va/yoki uni tarqatmaslik uchun vaqtinchalik/doimiy yashash joylarini tark etmasliklarini tavsiya qiladi. Fuqarolarimizni Rossiyada qabul qilingan koronavirus bilan kurash talablariga qat’iy amal qilishni, odamlar to‘plangan joylar, ayniqsa, aeroportlarga bormaslikni, barcha safarlarni qoldirish, tashqi aloqalarni cheklash va gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz.
Vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZRBcqDzpl3Kt1PfGMz5jtfFnycFzWdpCvJ-V9he21MXqxYQ/viewform?usp=pp_url havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Charter reyslar haqidagi ma’lumotlar https://t.me/UzKoRusCharts Telegram kanaliga joylashtiriladi.
Rossiyadagi vatandoshlarimizni yana bir bor firibgarlar tarqatayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini, pul o‘tkazish orqali charter reyslarga aviachipta sotib olish haqidagi takliflarni inkor qilishlarini, xotirjamlikni saqlagan holda rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini so‘rab qolamiz:
Veb-sayt: uzembassy.ru
Facebook: @UzEmbassy.ru
Instagram: @UzEmbassy-Russia