O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maktabgacha ta’lim vaziri koronovirusning kirib kelishi va oldini olish yuzasidan oav vakillari bilan uchrashdi
2020-03-19 | Sog‘liqni saqlash
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash borasida OAV vakillari ishtrokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri A.V.Shin koronavirusga qarshi Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi.
Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayerlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 3-fevraldagi 18-sonli buyrug‘i qabul qilindi va unga asosan koronavirusning yangi turi kirib kelishi va o‘tkir respirator infektsiyalar, gripp va koronarovirus kasalliklarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarqalishining oldini olish bo‘yicha vazirligining ishchi guruhi tashkil etilganligi haqida axborot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasida Bosh Vazir rahbarligida koronavirus mavzusida o‘tkazilgan brifingda muxokama qilingan masalalar yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirliging 2020-yil 15-martdagi 39-sonli buyrug‘i qabul qilinib, unda O‘zbekiston Respublikasida koronavirus va o‘tkir respirator infektsiyalar bilan bog‘liq kasalliklarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarqalishining oldini olish yuzasidan profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilish va dezinfektsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil 16-mart kunidan boshlab alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar barcha davlat, davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarni faoliyati to‘xtatilgan.
Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 17-martdagi 42-sonli buyrug‘i qabul qilingan va unga asosan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, pedagogika kollejlari hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ushbu buyruqda ko‘rsatib o‘tilgan xodimlardan tashqari (rahbar, metodist, kadrlar bo‘yicha mutaxassis, bosh hisobchi, tibbiy hamshira, xo‘jalik mudiri, farrosh va qorovullar) qolgan barcha xodimlarga 2020-yilning 18-mart kunidan 31-mart kuniga qadar navbatdagi yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqarilishi, ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi ularga qulay vaqtda berilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kun holatiga ko‘ra 14 050 maktabgacha ta’lim tashkilotlarninig faoliyati to‘xtatilgan. 1 458 681 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim tashkiloti tibbiy hamshirasining potranaji ostida uy sharoitida qolmoqda.