O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sog‘liqni saqlash vazirligi: yana uch nafar fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlandi
2020-03-19 | Sog‘liqni saqlash
Bundan bir muddat oldin Frantsiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham ushbu infektsiya borligi tasdiqlangan. Har uch fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, infektsiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.