O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganlar soni 15 nafarga yetdi
2020-03-18 | Sog‘liqni saqlash
Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infektsiya borligi tasdiqlangan. Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir mamlakatimiz fuqarosida ham koronavirus infektsiyasi aniqlangan.
Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, infektsiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.