O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorijdan qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlandi
2020-03-17 | Sog‘liqni saqlash
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infektsiyasi tasdiqlandi. Ayni paytga kelib, ushbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, infektsiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.