O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining karantin davrida ish beruvchilarga tavsiyalari
2020-03-17 | Jamiyat
- yig‘ilishlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi (7-10 kishidan ko‘p bo‘lmagan ish tartibidagi yig‘ilishlar bundan mustasno);
- shoshilinch xizmat safarlaridan tashqari, chel elga va hududlarga xizmat safarlarini to‘xtatish maqsadga muvofiq;
- xorijiy hamkorlar, shuningdek, davlat va ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan audio va video aloqa orqali distantsion holatda muzokaralar olib borish;
- binolarga qo‘llar uchun antiseptik vositalar joylashtirish, xodimlarni infektsiyadan himoyalovchi vositalar bilan ta’minlash, shuningdek, dezinfektsiya choralarini amalga oshirish;
- ish joyida xodimlarning tana haroratini o‘lchash uchun sharoit yaratish, ish joyida isitmasi bo‘lgan xodimlarni ishdan chetlatilishini ta’minlash.