O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi respublikamizda COVID-19 koronavirusga qarshi samarali kurashish, kasallikning respublikamiz hududiga kirib kelishini oldini olish maqsadida tanlov e’lon qildi

2020-03-17 | Sog‘liqni saqlash

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (WHO) tomonidan 2019-yilning 31-dekabr kuni Xitoyning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelganligi ma’lum qilindi. Xitoylik mutaxassislar kasallik qo’zg’atuvchisi COVID-19 koronavirusi ekanini aniqlashdi. 2020-yilning 10-mart holatiga ko’ra, kasallik jahonning 115 ta mamlakatida qayd etilib, dunyo aholisidan 115825 kishi kasallik yuqtirgani, 4087 kishi esa koronavirusdan vafot etganligi qayd etildi.

Yuqoridagi holat respublikamizda koronavirusli infektsiyalar patogenezini chuqur tahlil qilish asosida ularni davolash texnologiyalarini yaratish hamda koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostikumlar yaratishga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda.

Hozirda jahon bo’ylab tarqalayotgan koronavirus infektsiyasining (COVID-19) O’zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash avvalo mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko’tarishni taqozo etadi.

Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o’tkaziladi.

Ilmiy loyihalarga davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan amaliy loyihalar mavzulari:

“Koronavirusli infektsiyalar patogenezini chuqur tahlili asosida ularga qarshi kurash va davolash texnologiyasini yaratish” bo’yicha bajarilishi ikki yilga mo’ljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 2,0 mlrd so’m);

“COVID-19 koronavirus shtammlarini aniqlash uchun molekulyar-genetik diagnostikum yaratish” bo’yicha bajarilishi bir yilga mo’ljallangan amaliy loyiha (umumiy moliyalashtirish hajmi – 1,5 mlrd so’m).

Tafsilotlar bilan tanishish uchun havola orqali o'ting.

Поделиться