O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorijdan kelgan ikki nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi, hozircha bemorlarning ahvoli qoniqarli
2020-03-17 | Sog‘liqni saqlash
Avval xabar qilganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infektsiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni izchil amalga oshirmoqda.
Shu yilning 15-mart kuni soat 05:15 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush o‘rtog‘i va yana bir fuqaroda ham ushbu infektsiya tasdiqlangan.
Ayni paytga kelib, ushbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.
Infektsiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.