O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash vazirligi: mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar sakkiz nafarga yetdi

2020-03-17 | Sog‘liqni saqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infektsiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar 8 nafarga yetdi.

Shu yilning 15-mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida Frantsiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida, shuningdek, uning o‘g‘li va qizi, turmush o‘rtog‘i va nabirasida koronavirus infektsiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik.

Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus infektsiyasi qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 14-mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli London-Toshkent yo‘nalishidagi 201- reys bilan kelgan yurtimiz fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15-mart kuni soat 05:15 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” avia kompaniyasiga qarashli Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infektsiya qayd etilgan edi.

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Поделиться