O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rasmiy xabar
2020-03-16 | Jamiyat
Hurmatli iste’molchilar!
Respublikamizda koronovirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantin jarayonida narx - navolarning oshib ketishini oldini olish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazuvchi sub'yektlarda bevosita monitoring o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlar natijasida aholi iste’moli uchun yetarli darajada oziq-ovqat va mahsulotlarning mavjudligi tasdiqlandi.
Dehqon bozorlari va do‘konlar peshtaxtalaridan mahsulotlarni iste’mol me’yoridan ko‘p hajmda xarid qilish va buning oqibatida narxlarning oshib ketishiga omil yaratish kabi xavotirlar o‘rinsiz ekanligini bildiramiz.
Har bir hududda oziq-ovqat mahsulotlarini oshirilgan narxlarda sotilishining oldini olishga qaratilgan tezkor profilaktik choralarni ko‘rilishini shaxsan nazoratga olganligimiz va birorta murojaatingiz e’tiborsiz qolmasligini kafolatlaymiz.
Agar murojaatingiz bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasining 24 soat mobaynida faoliyat olib borayotgan Call markazi (1198) va «Ishonch telefoni»ga (71) 244 - 98- 98 bog‘lanishingiz mumkin.