O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vazirligi axboroti

2020-03-16 | Ta’lim

Oʻquvchilarning taʼtil paytida bilim olishlari uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallar bilan hamkorlikda oʻquv dasturlarida rejalashtirilgan dars mashgʻulotlarini televizion efirga uzatish uchun videodarslar tasvirga olinishi hamda efir vaqtlari ajratilishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur videodars mashgʻulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish boʻyicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuzish ishlari olib borilmoqda.

Videodarslar tayyor boʻlganidan keyin televideniye va Xalq taʼlimi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari (@uzedu) va rasmiy veb-saytlarida (www.uzedu.uz), elektron axborot portallari (online maktab) orqali ham namoyish etib boriladi.

Поделиться