O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro yo‘nalishlarga harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi
2020-03-16 | Jamiyat
O‘zbekiston temir yo‘llarining barcha xalqaro yo‘nalishlarga harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari qatnovi 2020 yil 16 martdan boshlab vaqtincha to‘xtatiladi.
Xalqaro yo‘nalishlarga harakatlanadigan poyezdlarga chipta xarid qilgan yo‘lovchilarning chipta pullari, barcha temir yo‘l kassalarida hech qanday foiz ushlanmasdan to‘liq qaytarib beriladi.
Xalqaro yo‘nalishlarga harakatlanadigan poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali oldindan e’lon beriladi.