O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar kelishib olindi

2020-03-13 | Jamiyat

Vazirlar Mahkamasida Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2020-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bayram “Navro‘zing - yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya o‘zida mujassam etgan holda yuqori saviyada, xalq sayli ko‘rinishida tashkil etiladi.

Joylarda ko‘chma savdo do‘konlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, kitob rastalari, bahoriy taom sotiladigan ochiq oshxonalar tashkil etiladi, milliy chorpoyalar, so‘rilar va xontaxtalar joylashtiriladi.

Bog‘larda, ochiq maydonlarda dorbozlar, polvonlar, masxarabozlar, qo‘g‘irchoqbozlarning tomoshalari, qushlar ko‘rgazmasi, varrak uchirish, arqon tortish, arg‘imchoq uchish kabi xalq o‘yinlari musobaqalari tashkil etiladi.

Sayl davomida mamlakatimizda istiqomat qiladigan turli millat vakillarining badiiy chiqishlari, folklor-etnografik guruhlarning kontsertlari ham o‘tkaziladi.

Navro‘z umumxalq bayrami oldidan xayriya hashari o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Yig‘ilishda joriy yilning 14-15-mart kunlari “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharini uyushqoqlik bilan tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.

Asosiy bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar ko‘riladi, tibbiy nazorat kuchaytiriladi. Shu bilan birga, mazkur yuqumli infektsiya inobatga olinib, xavfsizlik nuqtai nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi, chet ellik mehmonlar ishtirokidagi tadbirlar bekor qilinmoqda.

Xususan, bayram arafasida Toshkent shahrida o‘tadigan Navro‘z marafoni, Xiva shahrida 31-mart 1-aprel kunlari tashkil etiladigan “2020 yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyati poytaxti” yilining rasmiy ochilish marosimi hamda “Buxoro shahri - Islom olami madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan 14-16-aprel kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar bekor qilindi. 

Majlisda Navro‘z umumxalq bayrami bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish va yuqori saviyada, tinch-osoyishta o‘tishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Madaniyat, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Mudofaa vazirliklarining hisoboti tinglandi.

Поделиться