O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish masalasini muhokama qilmoqda

2020-03-13 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilishda davom etmoqda.

O‘zbekiston - Tojikiston ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi mart oyida Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini o‘rganib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustda imzolangan Qo‘shma bayonotida ko‘zda tutilgan.

Keyinchalik ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-3922 sonli 28.08.2018-y.da tasdiqlangan  “Yo‘l xaritasi”da o‘z ifodasini topgan.

Gidroelektrstantsiyalarni bosqichma bosqich qurish rejalashtirilgan: avvaliga qiymati 282 mln doll. ga teng, quvvati 140 MVt  tashkil etuvchi hamda 700-800 mln kVt-saot elektroenergiya  ishlab chiqaruvchi Yovon GESi qurilishi ko‘zda tutilmoqda.

Navbatdagi bosqichda tomonlar Fandaryoda qiymati 270 mln doll. ga teng, quvvati  135 MVt ni tashkil etuvchi hamda  500-600 mln kVt-soat  elektroenergiya ishlab chiqaruvchi GES qurilishi mo‘ljallangan.

Loyihani moliyalash xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz va grant mablag‘lari, shuningdek  tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qurilgan gidroelektrostantsiyalar faqat O‘zbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s  ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi.  

Shuningdek loyiha yagona energo tizimni qo‘llab-quvvatlashga hamda GES ni birga qurish va ulardan foydalanish jarayonida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga, shuningdek elektr energiyani teng asosda O‘zbekiston va Tojikistonga yo‘naltirishga ko‘maklashadi.

Ilk bor Tojikiston tomonidan taqdim qilingan Zarafshon daryosida GES qurilishida ulushbay ishtirok etish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim loyihasi 2019 yil 24 aprelda O‘zbekistonning manfaatdor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqildi.

2020-yil 28-29-yanvar kunlari  Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilish bo‘yicha O‘zbekiston - Tojikiston ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma ishchi guruhning navbatdagi majlisida investitsiyalarni himoya qilish va xatarlar darajasiga ta’sir etuvchi O‘zbekiston tomonidan kiritilgan o‘zgarishlar, bahsli masalalarni ko‘rib chiqish mexanizmi, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini O‘zbekiston tomonidan xarid qilish tartibi va boshqalar muhokama qilinadi.

Поделиться