O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
14-15-mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
2020-03-13 | Jamiyat
Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yana-da kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga asosan 2020-yil 14-15-mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishxayriya hashari oʻtkaziladi.
Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablagʻlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisobvaraqlariga oʻz tashabbuslariga koʻra oʻtkazilishi tavsiya etildi.
Xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, yolgʻiz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.