O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2020-03-12 | Iqtisodiyot

2020-yil 11-12-mart kunlari Toshkentda "AgroWorldUzbekistan" Qishloq xo‘jaligi xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Global agrosanoat forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkillashtirilgan "O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish" sessiyasi ochib berdi.

Yalpi sessiyada qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bahodir Xoliqov va Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays so‘zga chiqishdi. Elchi YeI tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘makning yangi formati haqida so‘zlab berdi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining dastlabki natijalari hamda bu yo‘nalishdagi 2020-yil rejalarini taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasi  Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari asosiy, amalga oshirib bo‘lingan, o‘ziga xos tarixga aylangan, masalan, paxta va bug‘doyga davlat rejasining olib tashlanishi singari bosqichlarga alohida e’tibor qaratdi.

"Prezident rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan Strategiya va islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, ichki bozor va eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi sohasining raqobatbardoshligini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bu fermerlarning daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirish va tabiiy resusrlardan barqaror foydalanish imkonini beradi, - dedi B. Xoliqov. - Bu yo‘nalishdagi eng ahamiyatli ilk qadamlardan biri paxta va g‘alla ustidan davlat nazoratining olib tashlanishi bo‘ldi va 2020-yilda oldimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashishlari uchun ko‘maklashish mexanizmlarini joriy etish vazifasi turibdi".

Vazir o‘rinbosari Strategiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilishga nisbatan kompleks yondoshuv asosiga qurilganini ta’kidladi. Bu islohotlar davlat xizmatlari, infrastrukturani takomillashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlariga ahamiyatli investitsiyalarni kiritar ekan, me’yoriy hujjatlarni o‘zgartirish bilan chegaralanib qolmasligini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra, Strategiya davlat siyosatini belgilashda asosiy rolni bevosita agrobiznesning o‘zi o‘ynashini nazarda tutadi.

Xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi yangi islohotlarga katta qiziqish bilan qaramoqda va buni tanlangan kursning to‘g‘riligi va dolzarbligining tasdig‘i deb hisoblash mumkin.

Forum ochilishidagi asosiy nutqlardan biri Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari Eduards Stipraysga tegishli bo‘ldi.

"Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasi hamkorlikdagi mehnatning natijasi bo‘lib, unda Yevropa Ittifoqi ham ishtirok etdi, - ta’kidladi elchi. - Bu kompleks yondoshuv bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi vazifalarning keng spektrini qamrab oladi: yer resurslarini boshqarish, kredit va boshqa moliyaviy resurslarni olish, tadqiqotlar, ta’lim, konsultatsiya, davlat xizmatlari va ko‘maklashish mexanizmlari, byudjetlash, xalqaro savdo-sotiq, oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya va fitosanitar nazorati, hamda atrof muhit muhofazasi va tabiat reurslaridan barqaror foydalanish. Bu yondoshuv sohadagi ko‘plab muammolarga izchil javob berishni ta’minlash uchun muhim bo‘ldi va YeI O‘zbekistonda bunday samarali siyosati ishlab chiqishda o‘z hissasini qo‘shganidan g‘oyatda mamnun".

Elchi Yevropa Ittifoqi bundan keyin ham agrosanoat sektorining rivojlanishida, hamkorlikning yangi formati - to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet ko‘magi berish orqali O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligi sohasini takomillashtirish va islohotlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga byudjet ko‘magi sifatida 40 million yevro berish to‘g‘risida moliyaviy bitim imzolashdi. Mazkur loyiha 2020-2030-yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning yangi davlat Strategiyasini amalga oshirishda ko‘maklashishga, fermer xo‘jaliklari va agrokorxonalarga yordam ko‘rsatish uchun davlat xizmatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

"Bu kredit emas, balki to‘lig‘icha grant moliyalashtirishdir. Tegishli tarzda ishlab chiqilgan va joriy etilgan byudjet ko‘magi, davlat mablag‘larini boshqarishdagi o‘zgarishlarga ko‘maklashuvchi vektorni ta’minlashi mumkin, barqaror va har tomonlama rivojlanishga ko‘maklashar ekan, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi,- qo‘shimcha qildi elchi. - Bizning joriy va kelgusidagi moliyaviy va texnik ko‘magimiz bu sohadagi boshqaruv sektorini takomillashtirish va muhim davlat xizmatlarini yaxshilashga qaratilgan. Xususan, fermer xo‘jaliklari va agrosanoat majmuasi uchun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining mahsuldorligi va mahsuloti sifatini oshirish maqsadida dolzarb bilimlarga yo‘l ochishga yordam beruvchi maslahat xizmatlarini yaxshilashga".

BMT FAOning O‘zbekistondagi vakili  Alisher Shukurov o‘z chiqishida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasini qabul qilishning global ko‘lamlarda muhimligini ta’kidladi.

"Biz Strategiya Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlarga erishishga qaratilganligi va bevosita BRM2 "Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash", BRM 13"Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash", BRM 15"Tabiiy resurslardan barqaror foydalanish", hamda boshqa ko‘plab global maqsad va indikatorlarga bevosita tegishli ekanligi haqidagi faktni biz ma’qullaymiz", - ta’kidladi o‘z nutqida Alisher Shukurov. 

Butunjahon bankining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zoryaning qayd etishicha, Butunjahon banki 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasini qabul qilishni ma’qullaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muhim hujjat bo‘lib, Butunjahon bankining O‘zbekiston hukumati bilan munosabatlari formatini o‘zgartiradi. U mamlakatning bor imkoniyatlari va global tahlildan olgan darslariga asoslanadi.

"Biz, natijasi o‘laroq, Strategiya tayyorlangan jarayondan mamnunmiz, - dedi Sergey Zorya.- Biz va boshqa donorlik tashkilotlari maslahatlarda faol ishtirok etdik, va ko‘rib turibmizki, bizning ko‘plab takliflarimiz bu hujjatda o‘z aksini topgan.Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, Qishloq xo‘jaligi azirligining kuchli jamoasi biz bilmagan jihatlarni doimo bizga tushuntirib berishga qodir edi, va biz konsensusga kelar edik. Bu muammolar va rivojlanish imkoniyatlarini hamjihatlikda tushunishda nihoyatda muhim". 

Sergey Zorya, shuningdek, 2020-yilning 20-martida Butunjahon bankining direktorlar Kengashi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha 500 mln. AQSh dollarlik Strategiyani amalga oshirishga ko‘maklashish uchun tayyorlangan Loyihani ko‘rib chiqishini qayd etdi.O‘zbekistonda shu kungacha bunday yirik loyihalar amalga oshirilmagan va bu hatto global miqyosda ham yirik mablag‘ hisoblanadi. S.Zoryaning so‘lariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi uchun shunday katta hajmdagi moliyalashtirishi bo‘lgan loyiha faqatgina O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasi qabul qilingani tufayligina mumkin bo‘ldi.

Поделиться