O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublikamizda o‘lchovlar birligini ta’minlash muhim vazifa
2020-03-11 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti O‘zbekiston milliy matbuot markazi bilan hamkorligida “Respublikamizda o‘lchash birliklarini ta’minlash, milliy etalonlar bazasini yanada takomillashtirishning dolzarbligi” mavzusida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda jurnalistlar uchun metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar, faoliyat yuzasidan xalqaro hamkorliklari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tilganidek, Sanoatning ehtiyojlarini kengroq qamrab olish maqsadida 2018-2022 yillar davrida jami 5 808 ming AQSh dollar qiymatli 21 dona etalonlar xarid qilinishi ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha 2122 dona namunaviy o‘lchov vositalari ustidan metrologik nazoratni qamrab olishga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, qiymati 1 685 ming AQSh dollar bo‘lgan 2019 yilda 4 dona etalonlarni xarid qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasining assotsiatsiyalashgan a’zolik maqomini olish maqsadida 2018 yil
2 noyabr kuni Fransiyaning Versal shahrida “O‘zstandart” agentligi va Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi o‘rtasida “Milliy o‘lchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining o‘zaro e’tirof etilishi to‘g‘risida” kelishuv imzolangani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘nggida mavzu yuzasidan jurnalistlarning savollarga institut rahbariyati javob qaytardi.