O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehnat qonunchiligi buzilishi yuzasidan monitoring
2020-03-11 | Jamiyat
Tashkilot va idoralarda ish vaqti me’yorlariga qat’iy amal qilinishiga erishish, xodimlarning ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishga jalb etishiliga barham berish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilyapti. Ayni mazmunda kelib tushgan murojaatlar asosida monitoringlar o‘tkazilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan jazo choralari ko‘rilyapti.
2020-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Davlat mehnat inspektsyasi tomonidan 3993 marta monitoring o‘tkazildi. O‘rganishlar 2450 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlanganini ko‘rsatdi. Shularning 1716 tasida xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga hamda 734 tasida dam olish kunlari ishga jalb etilgan.
Natijada 5261 ta tashkilotga yozma ogohlantirish, 465 tasiga yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 49 tasi jarimaga tortilgan.
Davlat mehnat inspektsiyasining bu kabi monitoring tadbirlari davom etadi.
Mehnat huquqlaringiz buzilgan holda Davlat mehnat inspektsiyasining dmi.mehnat.uz murojaatlar cayti, 1176 - qisqa raqamli ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot maxsus telegram botiga murojaat qiling!