O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirus infektsiyasining oldini olishda qat’iy choralar ko‘rilib, nazorat kuchaytirilmoqda

2020-03-09 | Sog‘liqni saqlash

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizga koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi kabi qator mutasaddi tashkilotlar, ularning hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirus infektsiyasining O‘zbekistonga chetdan kirib kelishining oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar va belgilangan chora - tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, jahondagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda yurtimizda yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatish, bunda mutasaddi vazirlik va idoralarining yanada hushyorligini oshirish va tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bo‘lib o‘tgan videoselektorda chegara-bojxona postlariga qo‘shimcha ravishda tegishli soha mutaxassislarini ajratib, ular tomonidan kasallik qayd etilgan mamlakatlar bilan bir qatorda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan fuqarolarni yashash manzillarini aniq belgilab, ularni uyda yoki yotoq joylarida 14 kunlik karantinga olish tadbirlari qat’iy olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq biror holat qayd etilmadi. Yurtimizda ushbu infektsiyaga qarshi zarur barcha ehtiyot choralari ko‘rilmoqda. Nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan. Shuning uchun vazirlik aholidan ortiqcha xavotirga tushmagan holda shaxsiy gigiyena qoidalarga qat’iy rioya qilib, o‘zini va yaqinlarini himoya qilishlarini, alohida zarurat bo‘lmaganda esa xorijga vaqtinchalik chiqmasliklarini tavsiya qilib qoladi.

Поделиться