O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2020-03-09 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o‘rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida Tomonlar amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli Bayonnomani imzoladi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida iqtisodiyot, madaniyat, sayyohlik va transport sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.

Поделиться