O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi-2020” tanloviga start berilmoqda

2020-03-09 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi — 2020” respublika tanlovi boshlanmoqda.

Eʼtiborli tomoni shundaki, tanlovni 2020-yilda tashkil etilishi boʻyicha www.idea.itsm.uz sahifasida maxsus soʻrovnoma oʻtkazildi. Joriy yilning 15-31-yanvar kunlari oʻtkazilgan soʻrovnomada respondentlar tomonidan tanlovni oʻtkazish boʻyicha 1000 dan ortiq takliflar berildi.

Bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda tanlovni oʻtkazish boʻyicha Nizom ishlab chiqildi hamda Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 5-martdagi 66-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlandi.

Tanlov uch bosqichda tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar va respublika miqyosida boʻlib oʻtadi.

Mazkur tanlovda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida dars berayotgan oliy maʼlumotli, kamida 2 (ikki) yillik pedagogik stajga ega boʻlgan oʻqituvchilar ishtirok etishlari mumkin. Har bir oʻqituvchi faqat bitta fandan qatnashish huquqiga ega.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi oʻqituvchilar http://bit.ly/teacher-of-year havolasi orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak. Tanlovda qatnashish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni joriy yilning 16-martidan boshlanadi hamda 31-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Tanlovning respublika bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan gʻoliblar Xalq taʼlimi vazirligining diplomlari hamda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Hurmatli pedagoglar! Tanlovda ishtirok eting va eng yaxshi oʻqituvchi ekanligingizni iqtidoringiz hamda mahoratingiz orqali namoyon qiling.

Eslatib oʻtamiz, “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi — 2019” respublika tanlovida 90 mingdan ziyod pedagoglar ishtirok etgan edi.

Поделиться