O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida 103 va 307 maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari

2020-03-05 | Jamiyat

19-fevral kuni Maktabgacha ta’lim vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ota-onaning Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 307-son MTTdagi oziq-ovqat sifati qoniqarsizligi haqida shikoyat kelib tushdi.

Bir kun avval, Facebook tarmog‘ining Potrebitel.uz guruhida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 103-son MTTdagi oziq-ovqat sifati yuzasidan e’tirozli xabar e’lon qilingan edi. Mazkur e’londa, poytaxtdagi 103-son MTTda xomgo‘shtli kotletlar va mog‘orlagan nonlar berilayotgani ta’kidlangandi.

Ikkala MTTda ham bolalar ovqatlanishi autsorsing orqali tashkil etilgan.

Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi mutaxassislari zudlik bilan arzlarga e’tibor qaratishdi va 307- hamda 103-MTTlarga tekshiruv bilan borishdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, 307-MTTda bolalarga boshqa taom tayyorlangani holda, taomnomada umuman boshqa ovqat nomi qayd qilingan, sut achigan bo‘lgan. Shu munosabat bilan joyida taomnomadagi oziq-ovqat mahsulotlarini almashtirish bo‘yicha akt tuzildi. Texnik sabab tufayli ishlamagan go‘sht qiymalagich joyida tuzatildi. Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan autsorsing kompaniyasi direktori va MTT xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi. Ayni vaqtda MTTni oziq-ovqat bilan ta’minlovchi autsorsing kompaniyasiga nisbatan choralar masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

103-MTTda xodimlar quyidagilarni aniqlashdi:

- Non yangi keltirilgan bo‘lib, ishlab chiqarilgan sanasi sifatida 19.02.2020-yil ko‘rsatilgan.

- Pitstsa surati eski, chunki so‘nggi marotaba pitstsa 2019-yil kuzida, tushdan keyingi tanovul uchun tayyorlangan. Pitstsada bolalar iste’mol qilishi tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar borligi bois, bolalar bog‘chasida pitstsa tayyorlash to‘xtatilgan. Ma’lumot e’lon qilingan sanada (18.02.2020y.) tushdan keyingi taom uchun suzmali paramach berilgan, 19.02.2020y. kuni - murabboli berilgan.

Xomgo‘shtdan foydalanish fakti tasdiqlanmadi. Ota-onalar bilan kotletlarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi (qovurib olish, duxovkada pishirish). Shuningdek, bolalar taomlarini tayyorlashda har qanday bo‘yoq va ziravorlarni qo‘llash taqiqlangani bois, kotletlarda ozuqaviy bo‘yoqlardan foydalanishga asos yo‘qligi bildirildi. 20.02.2020y. ota-onalar uchun kotlet tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi, ota-onalar, kotletlar xavfsizligiga va talablarga javob berishiga ishonch hosil qilishdi.

- Ota-onalar o‘tkazilgan uchrashuvlar va suhbatlardan so‘ng, masalaning ko‘rib chiqilishidan qoniqish hosil qilishdi hamda 103-son MTT bo‘yicha tarmoqda raddiya berishga rozilik bildirishdi.

103-son MTT Kuzatuv kengashiga autsorsing kompaniyasi va MTT rahbariyati bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish taklif qilindi.

Поделиться