Samarqandda oʻtkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yuqori martabali mehmon, dunyoga mashhur “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib ham ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimida Shayx Ahmad Tayyib janoblariga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvoni berilgan edi.
Tanaffus chogʻida “Al-Azhar” majmuasi rahbariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ezgu tilaklari yozilgan nomasi va Burhoniddin Margʻinoniy “Hidoya” asarining XIII asrga oid nusxasi faksimilesi topshirildi.
Shayx Ahmad Tayyibga ushbu yuksak eʼtibor uchun minnatdor ekanligini qayd etib, Prezidentimizga ham oʻzining cheksiz ehtiromini bildirdi. Tuhfa qilingan noyob kitob esa “Al-Azhar” majmuasida qimmatli tarixiy manba sifatida oʻrganilishi va yana-da keng tadqiq etilishini maʼlum qildi.
Gʻ.HASANOV, Gʻ.XONNAZAROV, A.ISROILOV (surat), OʻzA