O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda Avstriya ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum o‘tkazildi

2020-02-27 | Iqtisodiyot

Samarqand shahrida Avstriya Respublikasi va Samarqand viloyati ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forum o‘tkazildi.

Forum avvalida Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov va Avstriya federal iqtisod palatasi boshlig‘i Rixard Shens O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan iqtisodiy hamkorlik samaralari, ikki davlat ishbilarmonlari uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar haqida ma’lumot berdi. Tadbirkorlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga da’vat etishdi.
 
Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati, mavjud resurslar to‘g‘risidagi taqdimot namoyish etildi. 
 
Shundan so‘ng Avstriyadan kelgan 30 dan ortiq kompaniyalar vakillari qurilish, turizm, neft-kimyo, go‘sht va sutni qayta ishlash, temiryo‘l, isitish va sovutish tizimlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar tayyorlash, qog‘oz ishlab chiqarish, gidroelektr stansiyalari uchun uskunalar, kanalizatsiya va chiqindilarni tozalash va qayta ishlash, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun o‘z xizmatlarini taklif etishdi.
 
– Biz oqova suvlarni tozalab, yana iste’molga yaroqli holga keltirish, oqova suv jihozlarini yangilash, aholi punktlari va tog‘li hududlarda oqava suv tizimlari qurish bilan shug‘ullanamiz, – deydi Avstriyaning WABAG kompaniyasi vakili Tomas Rashke. – Chiqindidan briket tayyorlash, metan gaz ishlab chiqarib, generatorlar yordamida hech qanday stansiyalarsiz elektr energiyasi ishlab chiqarish ham faoliyatimizning asosi hisoblanadi. Samarqandlik ishbilarmonlarda kompaniyamiz faoliyatiga katta qiziqish bildirildi. Kelgusida hamkorlikda ishlash niyatimiz bor.
 
Forum davomida Avstriya kompaniyalari vakillari va viloyatimizning 40 ga yaqin ishbilarmonlari ishtirokida B2B va G2B formatida uchrashuvlar o‘tkazildi, muhim kelishuvlarga erishildi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Samarqand viloyatida Avstriya tadbirkorlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan 7 qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
 

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA

Поделиться