O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda

2020-02-26 | Siyosat

Xorazm viloyatida o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi doirasida 26 fevral kuni ikki mamlakat hukumat rahbarlari Abdulla Aripov va Asqar Mamin ishtirokida hukumatlar delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Bosh vazir A.Aripov keyingi yillarda davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar ikki tomonlama aloqalarning sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratgani, O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlari ko‘plab sohalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy yo‘nalishda jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini qayd etdi.
 
Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin mazkur forum yuqori saviyada tashkil etilganini alohida qayd etib, an’anaviy mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shaxsiy tashabbusi, siyosiy irodasi bilan hududlararo hamkorlik forumini muntazam o‘tkazish belgilanganini ta’kidladi. Birinchi forum 2018 yil noyabr oyida Chimkent shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazildi, tadbir doirasida erishilgan kelishuvlar bugungi kunda o‘z natijalarini bermoqda.
 
Iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlaridagi hamkorlik aloqalari jadallashishi tufayli o‘zaro savdo hajmi 2019 yilda qariyb ikki barobar o‘sib, 3,3 milliard dollardan oshdi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan hukumat zimmasiga yaqin yillarda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini joriy yil 5 milliard dollarga, yaqin yillarda esa 10 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Buning uchun mamlakatlarimizda yetarli salohiyat mavjud.
 
O‘zbekiston – Qozog‘iston ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport va kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, ta’lim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘tgan bir yil davomida mamlakatlarimiz viloyatlari rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar faollashgani, viloyatlar delegatsiyalarining 12 ta o‘zaro tashrifi amalga oshirilgani bunga yaqqol misol. Natijada hududlar o‘rtasidagi savdo hajmi 40 foizga oshdi.
 
 
Anjuman davomida har ikki davlatning tegishli vazirlik, idoralari vakillari O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, energetika va qishloq xo‘jaligi kabi muhim sohalar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishmoqda.
Forum doirasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha qator sohalar bo‘yicha hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
 

G‘ayrat XONNAZAROV, O‘zA

Поделиться