O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazmda O‘zbekiston va Qozog‘iston ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi o‘tkazilmoqda
2020-02-26 | Jamiyat
Xorazm viloyati Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha ikkinchi hududlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hududlarning sanoat salohiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu forumda ikki mamlakat hududlaridagi ishbilarmon doiralar vakillari, viloyat hokimlari o‘rtasida uchrashuv, yetakchi korxonalar mahsulotlarining ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan.