O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident O‘zbekistonga jo‘nab ketdi

2020-02-21 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Muzokaralarda mamlakatlarimiz hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kunida davlatimiz rahbari Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbarini «Esonbug‘a» aeroportida Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi.

Поделиться