O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar uchun koʻrgazmali mashgʻulot
2020-02-19 | Xavfsizlik sohasi
Bugungi kunda respublika miqyosida yoshlarimizga vatanparvarlikni singdirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan harbiy qismda yoshlar uchun koʻrgazmali mashgʻulot tashkil etildi.
Tadbirda viloyat harbiy prokurori oʻrinbosarlari, tuman hokimi, 30 ga yaqin maktab oʻquvchisi hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.
Xarbiy xizmatchilar tomonidan koʻrsatib berilgan turkum namoyishlar yoshlarimizni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda oʻz hissasini qoʻshadi.
Mana shunday mashgʻulotlar yoshlarimizni Vatanga boʻlgan mehrini orttirib, sadoqatini mustahkamlaydi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati