O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fuqaro murojaati yuzasidan axborot
2020-02-18 | Jamiyat
Xalqaro Press-klubning “Murojaatnoma-2020” tahliliga bag‘ishlangan sonida fuqarolardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat kelib tushgan edi.
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G.Murodova bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar kollejini tamomlagan qizini ishga joylash yuzasidan amaliy yordam so‘ragan. Yangiariq tumani ABKM N.Qo‘chqorovani tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirgan. Fuqaroning mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yo‘qligi sababli unga mavjud boshqa bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilingan. Shuningdek unga subsidiya va grant olish taklif qilingan. Biroq N.Qo‘chqorova bularning barini rad etgan.