O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirishda Turkiya tajribasi o‘rganilmoqda

2020-02-18 | Turizm

Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida “O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirish va Turkiya tajribasi” amaliy seminari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda  Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Investitsiyalar va amalga oshirish Bosh boshqarmasi mutasaddilari, Turkiya Mustaqil me'morlar uyushmasi rahbariyati ishtirok etishdi.

 

Tadbirni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov ochib berib, O‘zbekistonning turizm va investitsion salohiyati haqida so‘z yuritdi, sohani rivojlantirish uchun rejalashtirish va konsepsion loyihalarning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

“O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida 2017-yil oktabr oyida imzolangan “Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim ikki mamlakatning turizm sohasidagi hamkorligi uchun mustahkam huquqiy zamin vazifasini bajarmoqda. 2019-yilning sentabr va dekabr oylarida, joriy yilning yanvar oyida Qo‘mitamiz xodimlari Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida tajriba almashinuvi mashg‘ulotlarida ishtirok etib qaytishdi. O‘tgan yilning dekabr oyidagi turizm hududlarini rejalashtirish va investorlarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba almashinuvi mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi sifatida mazkur forumimizni tashkillashtirdik”, - dedi Ulug‘bek A'zamov.

Seminar doirasida qator yalpi sessiyalar o‘tkazilib, ulardaTurizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Turistik zonalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish departamenti hamda  “Qishloqqurilishloyiha” instituti mutaxassislari mamlakatimizda yo‘lbo‘yi turizm infratuzilma obyektlari loyihalariga to‘xtalishdi.  Tadbirda shuningdek Qo‘mitaning Turkiya Respublikasidan jalb qilingan xorijiy maslahatchisi Sodiq Badak ham ishtirok etib, “O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirish va tematik turizm shaharchasi namunasi” mavzusida taqdimot qildi.

“O‘zbekistonda madaniy, gastronomik, tibbiyot, eko, agroturizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Shuni alohida ta'kidlash joizki, sayyohlar e'tiborini tortishda tematika muhim ahamiyat kasb etadi. Biz turizm hududlarini rivojlantirish uchun ularga muayyan mavzularni yuklashimiz kerak bo‘ladi. Mazkur loyihamizda o‘zbek xalqining uzoq yillik tarixi, madaniyati, etnografiyasi, an'ana va qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi tematik turizm shaharchasi g‘oyasini ilgari surdik”, - dedi Sodiq Badak.

Ikkinchi sessiyada Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Taner Piri va bo‘lim boshlig‘i Mustafo O‘zdemir vazirlikning turizm hududlarini rejalashtirish va investorlar uchun yer maydonlarini ajratish faoliyati bo‘yicha taqdimot qilishdi hamda  Turkiyaning turizm sohasida erishgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tishdi.

“O‘tgan asrning 70-yillari oxirida 300 ming sayyoh qabul qila olgan Turkiyadan 2019-yilda qariyb 52 million sayyohga yuqori darajali xizmat ko‘rsata olgan Turkiya o‘rtasida 40 yillik tajriba bor. Bu tajriba zamirida to‘g‘ri rejlashtirish va loyihalashtirish konsepsiyasi yotadi. Turizm hamma joyda ham rivojlanavermaydi – eng avvalo, turizm salohiyatiga ega bo‘lgan hududni to‘g‘ri tanlay bilish lozim. Shunchaki, shaharning bir chetida mehmonxona qurish, restoran ochish yoki savdo shoxobchasi barpo etish bilan turizm rivojlanib qolmaydi. Konsepsiyasi va reja-loyihasi ishlab chiqilgan hududlardagina kompleks turistik xizmat madaniyati shakllanadi”, - deya ta'kidladi Taner Piri.

Turkiyalik yana bir mutaxassis O‘nder Kayaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda turizm sohasida ulkan imkoniyatlar eshigining ochilishi ko‘plab yangi turizm loyihalariga yo‘l ochadi.

“Biz bunga shunchaki biznes yoki daromad manbai sifatida qaramoqchi emasmiz, uzoq muddatli, keng qamrovli hamkorlik imkoniyatlarini ko‘ryapmiz. Shu bois loyihalar ishlab chiqish bilan cheklanmasdan, ularning  xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlashda O‘zbekistonning yosh, bilimdon va izlanuvchan yoshlarining malaka oshirishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni taklif etmoqchimiz. O‘zbekiston diyori muhtasham tarixiy obidalar, rejasi pishiq ishlangan shaharlarga boy. Demak, bu mamlakatda me'morchilik, rejalashtirish va loyihalashtirish sohasida ulkan tajriba mavjud. Ushbu ko‘p asrlik tajribani zamonaviy turizm ob'ektlarini barpo etishga yo‘naltira olsak, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishimizga shubham yo‘q”, - dedi u.

Bundan tashqari, Gunesh Go‘kchek, Mustafo O‘zdemir va Erkan Kacharlar ham  sohani rivojlantirishga doir qiziqarli taqdimotlari bilan qatnashishdi. Seminarning ikkinchi kunida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlari tomonidan loyihalashtirilayotgan turizm zonalari joyiga borib o‘rganildi. Toshkent viloyatidagi turizm zonalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar turkiyalik mutaxassislar tomonidan yuksak baholandi. Tadbir yakuniga ko‘ra, turkiyalik ekspertlar bilan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Поделиться