O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

19-20 fevral kunlari Toshkentda I Xalqaro aviatsiya forumi bo‘lib o‘tadi

2020-02-13 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» birinchi xalqaro forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Anjumanda, shuningdek, Transport vaziri Elyor G‘aniyev, “Uzbekistan Airports” AJ raisi Ravshan Ismailov, Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori v.b. Tolib O‘ljaev hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida joriy yilning 19-20 fevral kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi haqida OAV vakillariga batafsil ma’lumot berildi.

I Xalqaro aviatsiya forumi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “Uzbekistan Airports” AJ hamda BAAning «Fair Exhibition Organizers» kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov mazkur forumga 34 ta mamlakatdan 100 ga yaqin eksponent tashrif buyurib, o‘z ko‘rgazmasi bilan qatnashi, umumiy hisobda esa 1000 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Forum ishtirokchilari qatorida “Boeing” va “Jetcraft” (AQSh), “Air Charter Service” (Buyuk Britaniya), “Bombardier Business jets” (Kanada), “TLD” (Hindiston), “Luftansa Consulting”(Germaniya), “Air Arabia” va “BGT Events” (BAA), “Mitsubishi Corporation”  (Yaponiya), “Pegasus Airlines” va  “Turkish Airlines”(Turkiya) kabi aviakompaniyalar mavjud.

Transport vaziri Elyor G‘aniyev xalqaro aviatsiya forumidan ko‘zlanayotgan maqsadlar haqida ma’lumot berdi.

“Forumda O‘zbekistonning aviatsiya sohasiga investorlarni jalb qilish, mintaqaviy aeroportlarni davlat-xususiy boshqaruviga o‘tkazish, yoqilg‘i quyish komplekslarini olib kelish, aviatsiyada zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, uchish-qo‘nish yo‘laklarini rekonstruktsiya qilish, eksport va tovar aylanmasini rivojlantirish, aeroportlarda logistika markazlarini joriy qilish masalalari ko‘riladi. Shuningdek, xorijiy tashuvchilar uchun maqbul sharoitlarni yaratish va bu orqali yangi aviatsiya marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, yangi aviakompaniyalarni tashkil etish kabi masalalar ham forum kun tartibida ko‘riladi”, − deydi Elyor G‘aniyev.

Forum doirasida o‘tadigan ko‘rgazmada aeroportlar, aviatsiya va logistika vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishadi.

Matbuot anjumani so‘ngida xorijiy hamda mahalliy OAV vakillari spikerlarga mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, aeroportlar ish faoliyatini takomillashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mamlakatimiz transport-infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalag oshirilishi kutilayotgan loyihalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi va ularga aniq javoblar olishdi.

Поделиться