O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali so‘zlashdilar

2020-02-12 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
 
2019-yilda o‘zaro hamkorlikda salmoqli amaliy natijalarga erishilgani va barcha darajalardagi muloqotlar sezilarli faollashgani alohida qayd etildi.
 
Xususan, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi yuqori sur'atlar bilan barqaror oshib bormoqda. Bir yilning o‘zida 500 qo‘shma korxona tashkil etildi, Rossiyaning yetakchi kompaniya va baknlari ishtirokida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida ustuvor investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta'lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda.
 
Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektororlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e'tibor qaratildi.
 
Mamlakatimizning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться