O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilk marotaba Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalari katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilari attestatsiyadan o‘tkaziladi

2020-02-12 | Sport

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va metodik ishlarni yanada takomillashtirish, sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali yo‘riqchi-uslubchilar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qo‘shma qarori imzolagan edi.

Mazkur qarorga ko‘ra:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilari 2020-yilning fevral - mart oylarida attestatsiyadan o‘tkazilish belgilangan.

Shuningdek, mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlangan:

• Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (1-ilovaga muvofiq);
• Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi (2-ilovaga muvofiq);
• Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalari katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilarining mehnat faoliyatiga oid hujjatlar jamlanmasini (portfolio) o‘rganish bo‘yicha ekspert guruhi tarkibi (3-ilovaga muvofiq);
• Attestatsiya natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi tarkibi (4-ilovaga muvofiq);
• Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali (5-ilovaga muvofiq);
• Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha savolnoma (6-ilovaga muvofiq).

Mazkur qo‘shma qarorga muvofiq joriy yilning 14-fevral kuni katta yo‘riqchi-uslubchilari va yo‘riqchi-uslubchilarini test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, test sinovlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan real vaqt rejimida, onlayn tarzida barcha qulaylik, shart-sharoitlar yaratilgan, shuningdek, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan Oliy ta’lim muassasalari va Davlat inspektsiyasining binolarida o‘tkaziladi.

Attestatsiyadan o‘tuvchilar uchun qulayliklar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan onlayn-repetitsiyalar tashkil etilmoqda. Ushbu repetitsiyalar orqali Attestatsiyadan o‘tuvchilar onlayn-test dasturi bilan yaqindan tanishishlari, dasturdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishlari, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni elektron dasturga to‘liq va to‘g‘ri kiritilganligiga ishonch hosil qilish va nazorat materiallari yo‘nalishlari bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Onlayn-repetitsiyalar 13-fevral kuni soat 10:00dan boshlab o‘tkaziladi.

http://test.tdi.uz/ manzili orqali kirib ko‘rishlari mumkin.

Login - test1
Parol - test1

Поделиться