O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nazariy va amaliy formatdagi tadbir

2020-02-11 | Jamiyat

Mamlakatimiz rahbari Respublika Oliy Majlisiga Murojaatnomasida parlament nazoratini samarali tashkil etish vazifasiga e’tibor qaratar ekan, joylarda ijro va vakillik organlarining davlat boshqaruvidagi roli va mas’uliyatini oshirish lozimligini ta’kidlagan edi.

Shu asosda Oliy Majlis Senatining ish rejasiga ko‘ra Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev Navoiy viloyatining mahalliy Kengashlari deputatlari bilan yosh saylovchilar ishtirokida tadbir o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv mazmunan “Hokim va yoshlar uchrashuvi”, deb atalsa-da, unda Respublika Oliy Majlisi Senatining viloyatdan saylangan a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari hamda Karmana tumanida istiqomat qilayotgan yoshlarning uyushmagan qatlami vakillari ishtirok etdilar.

- Tadbirning mazkur formatda tashkil etilishi ijro va vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aniq hududda aholini, xususan, ushbu tadbirimizda uyushmagan yoshlarni tashvishga solayotgan muammolarga birgalikda yechim topish, shu asosda chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi E. Gadoyev uchrashuvda. - Shuningdek, ushbu shaklda va vakillik organlari faoliyatida murojaatlar bilan ishlashda shaffoflikni ham ta’minlaydi. Bu kabi uchrashuvlar mahalliy Kengashlar deputatlari uchun o‘z vazifalarini belgilab olishlarida muhim omil ham bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirda yoshlarning yangi ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes rejalariga kredit ajratish, uy-joy va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha o‘zlarini tashvishga solib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Mazkur murojaatlar yechimi bo‘yicha viloyat mutasaddi tashkilotlari rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berilib, dasturtalab masalalarni mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida muhokama qilib, sessiyalar kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Obid SAIDOV, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati.

- Ushbu tadbirda men saylangan hudud yoshlaridan ham bir qator murojaatlar bo‘ldi. To‘g‘risi, ushbu murojaatlar saylov arafasidagi uchrashuvlarida ham berilib, asosiy qismi hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda infratizilmani rivojlantirish, ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolardan iborat edi.
Ular mazkur tadbirda ham ko‘tarilib, bundan tashqari bir qator dolzarb masalalarning aksariyatiga yechim topildi. Shu bilan birga xalq bilan, ya’ni saylovchilar bilan ishlash, ijro organlari faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Behzod SAVUROV, Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati.

- Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar ruhidagi 2019-yilgi saylovlarimiz jamoatchilikning tom ma’noda uyg‘onganligini, ochiqlik, oshkoralik va demokratiya tamoyillari mustahkamlanib, fuqarolar siyosiy-huquqiy ongi, madaniyati yuksalib borayotganligini namoyon etdi. Binobarin elektorat kechagi emas ekan, deputat ham shunga munosib bo‘lishi u qaysi vakillik organida bo‘lmasin, o‘z vakolati doirasida o‘sha Kengash nufuzi va salohiyatini ta’minlamog‘i lozim. Bu borada bahoni muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, xalk beradi. Tadbirda deputatning mamlakatimiz rahbari tomonida Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalari, xususan ijro organlari hisobotlarini tinglash, deputatlik so‘rovi natijadorligiga erishish borasidagi faoliyati bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ulug‘bek FAYZIYEV, Respublika Oliy Majlisi Senati a’zosi.

- Respublikamiz Prezidenti Murojaatnomada mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni dolzarb belgilab, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish, “O‘zbekiston yoshlari - 2025 kontseptsiyasi”ni ishlab chiqish, unda ma’naviy va jismoiy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlarini tayyorlash zarurligini belgilagan edi. Ushbu vazifalar tabiiyki, jamiyatning barcha qatlamidan yoshlarga tobora yaqinroq bo‘lish, ularning quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lishni taqozo etadi. Ayniqsa, vakillik organlari e’tiboridan yoshlar muammolari chetda qolar ekan, bu har bir hududda ellik foizdan ortiq masala deputat nazaridan qolganini anglatadi.

Mazkur tadbirning samarasiga kelsak, muloqot tariqasida uch sub'yekt - xususan, ijro, vakillik organi va fuqaroning yuzma-yuz uchrashuvi shaklida nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tadbirda viloyat hokimi K. Tursunov ishtirok etib, muloqotning bir guruh faollariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Поделиться