O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligida Singapur bilan hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi

2020-02-10 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida 2020-yil 7-fevralda Singapur Respublikasining savdo va sanoat bo‘yicha katta davlat vaziri Kun Ko Po boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda Singapur Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Zulfiqli Baxaruddin ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan muzokaralarda shuningdek «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati a’zolari ham ishtirok etdi. 

Tomonlar Singapur kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Xususan, hozirgi paytda «Indorama» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Qo‘qon superfosfat zavodi» AJ ni yanada modernizatsiya qilish va mavjud quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirilishi davom ettirilmoqda. Singapur kompaniyasining investitsiyaviy majburiyatlari $67,0 mln. ni tashkil etadi. Birinchi bosqichda superfosfat ishlab chiqarish quvvatlarini 350 ming tonnaga yetkazish, ikkinchi bosqichda - zavod tomonidan o‘g‘itlarning yangi turlarini ishlab chiqarish kontseptsiyasini tayyorlash rejalashtirilgan.

Shuningdek «Indorama» kompaniyasi paxtachilik-to‘qimachilik sohasiga faol investitsiyalar yo‘naltirmoqda va boshqa istiqbolli loyihalarda ishtirok etish masalalarini ishlab chiqmoqda. 

Singapur tomoni Singapur xususiy biznesining quyosh elektrstantsiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdorligini ta’kidladi. 

Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasida energetika va kimyo tarmog‘idagi istiqbolli loyihalarni, xususiylashtirish ob'yektlarini o‘rganish, shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shu jumladan, Singapur tajribasidan foydalangan holda, tashqi bozorda sotish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Поделиться