O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston-Gretsiya” va “Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv

2020-02-07 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasida “Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi D.Bakolus boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston - Gretsiya ” do‘stlik jamiyati raisi M.Ashurov mehmonlarni tashrif  bilan qutlab, jamiyat faoliyati bilan tanishtirdi.

“Gretsiya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi D.Bakolus samimiy qabul va ma’lumotlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Jamiyati raisi D.Bakolus uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z xissasini qo‘shishga tayyorligini ma’lum qildi. U O‘zbekistondagi mehmonxonalarni ta’mirlash, mexmonxona xizmati darajasini ko‘tarish bo‘yicha fikrlarini bayon etdi.

Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i  Z.Abidov mehmonlarni Qo‘mita faoliyati bilan batafsil tanishtirdi. Xususan, 2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu Qo‘mitaning maqsad va vazifalari O‘zbekistonda mavjud 139 ta Milliy madaniy markazlar, 36 ta Do‘stlik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh jamiyatlar va O‘zbekistonlik vatandoshlar jamiyatlari bilan uzviy hamkorlikdan iborat ekanligini, ish faoliyati va ichki tuzilmasi haqida ma’lumot berib o‘tdi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan jahon hamjamiyati bilan amaliy, o‘zaro manfaatli munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni ta’minlashni O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berganligi ta’kidlab o‘tildi.

U O‘zbekiston va Gretsiya bir necha o‘n yillardan buyon do‘stlik rishtalari bilan bog‘langanligi, bu borada O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan “O‘zbekiston — Gretsiya” do‘stlik jamiyatining xizmatlari katta ekanligi, jamiyat O‘zbekiston va Gretsiyaning milliy bayramlari va muhim sanalariga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etishi, konkurslar, kontsertlar, badiiy va foto ko‘rgazmalar uyushtirib kelayotganligini qayd etib o‘tdi.

Majlis qatnashchilari do‘stlik jamiyatlari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi

Suhbat davomida ikki davlat  o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarini turli sohalarda yanada rivojlantirish masalalari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va turizm sohalarida hamkorliklar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va tomonlar kelgusida hamkorlikda ish olib borishga kelishib olishdi.

Поделиться