O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryoga Singapur davlatining Savdo va sanoat vaziri Ko Po Kun va Elchi Zulkifli Baxarudin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
2020-02-07 | Iqtisodiyot
5-fevral kuni Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.Karimov Singapur davlati Savdo va sanoat vaziri Ko Po Kun, hurmatli Elchi Zulkifli Baxarudin boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrifdan asosiy maqsad - viloyatda Singapur kompaniyalari kapitali asosida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish hamda o‘zaro ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish.
Viloyat xokimi o‘rinbosari D.Madrimov Sirdaryo viloyatiga delegatsiya a’zolarini tashrifdan o‘z minnatdorchiligini bildirib, Singapurni qisqa vaqt ichida jahonning iqtisodi baquvvat, korruptsiyadan holi, bugun ham shiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatga aylantirgan, barcha dunyoviy reytinglarda birinchilikni saqlab kelayotgan ushbu mamlakatga uzoq yillar boshchilik qilgan mashhur davlat arbobi Li Kuan Yuning noyob tajribalari haqida gapirib o‘tdi.