O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi

2020-02-07 | Ta’lim

Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Arizalar 2020-yilning 7-fevralidan 15 fevraliga qadar (shu kuni ham) har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va suhbatlar o‘tkaziladi. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi mezonlarga asosan qabul qilinadi:

fuqaroning doimiy yashash manzili (oliy ta’lim muassasasining sig‘imi yoki hududdagi oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lmagan holatlarda, istisno tariqasida boshqa viloyatdagi oliy ta’lim muassasasiga tavsiya etilishi mumkin);

talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘qishi ko‘chirilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mosligi (bunday yo‘nalish mavjud bo‘lmagan taqdirda, turdosh ekanligi);

xorijda talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni asosan sirtqi va kechki ta’lim shakllariga tavsiya etish;

talabalar o‘qishini ko‘chirishda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, jumladan smenalik koeffitsiyenti, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqalar) inobatga olinadi.

Fuqarolardan Hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

ariza (joyida to‘ldiriladi);

reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;

pasport nusxasi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 71-246-38-57

Sog‘liqni saqlash vazirligi - 71-241-16-91.

Поделиться