O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

69 nafar oʻqituvchilar “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

2020-02-05 | Ta’lim

Joriy yilning 5-fevral kuni bir guruh pedagog xodimlarga “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimi Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-maktabda oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishonini oʻqituvchilarga shaxsan oʻzi topshirdi. Jami 69 nafar oʻqituvchi “Xalq taʼlimi fidoyisi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.

Mazkur oʻqituvchilar xalq taʼlimi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnatlari hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshganlari uchun taqdirlandi.

Koʻkrak nishoni bilan birga mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

- Xalq taʼlimi tizimining barcha yoʻnalishlarida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda, — deydi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov. — Islohotlarning asosiy yoʻnalishi bu oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqei va obroʻsini oshirishdir. Bugungi tadbirdagidek oʻqituvchilarga eʼtibor qaratilsa, ularning mehnati qadrlansa, ular ham yosh avlodga yaxshi bilim beradi va oʻz ustida ishlashni davom ettiradi. Shuningdek, oʻqituvchiga koʻrsatilgan ehtirom sohaga kuchli bilimga ega yoshlarni ham jalb etish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning 29-aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan. Unda oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, qarorda xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlab borish koʻzda tutilgan.

Поделиться