O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi YUNISEF bilan raqamli texnologiyalar va blokcheyn sohalarida hamkorlikka kelishdi

2020-01-30 | Texnologiyalar

2020-yil 28-yanvar kuni Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Tuychiyev YUNISEFning innovatsiyalar boʻyicha bosh maslahatchisi Kristofer Fabian bilan uchrashdi. Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi raisining oʻrinbosari Farrux Omonov, YUNISEFning Oʻzbekistondagi ijtimoiy siyosat rahbari Yuliya Oleynik va Oʻzbekistondagi “Yoshlar ovozi” loyihasi rahbari Inna Volfson ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tomonlar innovatsion rivojlanish, yosh olimlarni va ularning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatning olis hududlarida istiqomat qiluvchi aholining taʼlim va robototexnika sohasidagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini taʼminlash boʻyicha istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.

Xususan, YUNISEFning innovatsiyalar boʻyicha bosh maslahatchisi, Blokcheyn texnologiyalarini davlat xizmatlari tizimiga integratsiyalash boʻyicha mutaxassisi Kristofer Fabian Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan iqtisodiyotni raqamlashtirish ishlari hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar boʻyicha samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

Shuningdek, O.Toʻychiyev Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi platformalarida Oʻzbekistonning yosh olimlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. YUNICEF imkoniyatlari va mexanizmlari yordamida yosh isteʼdodlar orasida mazkur platformalar imkoniyatlarini keng yoritish uchun YUNICEF bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida taklif etilayotgan davlat xizmatlarini raqamlashtirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishga, shuningdek, davlat sektorida Blokcheyn vositalaridan foydalanish istiqbollarini oʻrganishga birgalikda hissa qoʻshishga kelishib oldilar.

Поделиться