O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hurmatli ishlab chiqaruvchi hamda tadbirkorlar!
2020-01-27 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi mamlakatimizda ishlab chiqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish hamda mazkur sohalarda uchrayotgan muammolarga o‘z vaqtida echim topish maqsadida ijtimoiy so‘rovni yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘z faoliyatingizda standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya yo‘nalishlaridan ko‘nglingiz to‘layaptimi?
Shu maqsadda “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyat ko‘lamidan kelib chiqqan holda ijtimoiy so‘rovlarni amalga oshirishni maqsad qildi.
Mazkur savollarga o‘zingizni xolis va haqqoniy munosabatingizni bildirishingizni so‘rab qolamiz
“O‘zstandart” agentligi faoliyati bilan nechog‘lik tanishsiz?
“O‘zstandart” agentligi faoliyatidan qoniqasizmi?
Mahsulotlarni sinovlardan o‘tkazishda qanday muammolarga duch kelayapsiz?
Muvofiqlik sertifikatlarini olishda qanday to‘siqlarni mavjud deb o‘ylaysiz?
Biror-bir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchisiz, mahsulot uchun me’yoriy hujjatlar yoki standartlarni olishda muammolarga duch kelganmisiz?
Sizning “O‘zstandart” agentligi faoliyatiga berayotgan taklif va mulohazalaringiz ertangi faoliyatimizni yaxshilashga amaliy yordam beradi.