O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoyda bo‘lib turgan yoki ushbu davlatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

2020-01-27 | Jamiyat

O‘zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 25-yanvar kuni koronavirus tarqalishi sababli, Xitoy hukumati mamlakatning 1,2 milliard kishi istiqomat qiladigan 25 ta provinsiyasi, markazga bo‘ysunadigan shaharlari va maxsus ma’muriy hududlarida sog‘liqni saqlash bo‘yicha eng yuqori darajadagi favqulodda vaziyatni joriy etdi.

Xubey provinsiyasining 15 dan ortiq shaharlarida maxsus karantin choralari joriy etilgan: transport vaqtincha to‘xtatilgan, vokzallar va aeroportlar ishlamayapti. Pekin shahrida 30 dan ortiq kishi ushbu kasallikni yuqtirgan bo‘lib, u yerda aksar diqqatga sazovor joylar, teatrlar, muzeylar, shu jumladan Taqiqlangan shahar yopilgan.

Elchixona Xitoyda bo‘lib turgan yoki mamlakatga turizm va boshqa maqsadlar uchun tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga barcha xavf-xatarlarni inobatga olish va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qiladi.

Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998909882330 (direktor o‘rinbosari B.Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishni qat’iy tavsiya qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242 Bobur Yaxyayev, +86 139 1175-4476 Shuxrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Ulug‘bekov) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Поделиться