O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz hammadan ziyrak va ulug‘dir

2020-01-24 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Murojaatnomada o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilib, quyidagi xulosalarni ta’kidlab o‘tdi:

“Birinchidan, barcha darajadagi rahbarlar, erishilgan dastlabki ijobiy ko‘rsatkichlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka aslo berilmasligi kerak.

Yangi Parlament va Hukumatning kelgusi 5 yildagi faoliyatining pirovard maqsadi - O‘zbekistonda yashayotgan ko‘p millatli xalqimiz hayotini yuksaltirishdan iborat bo‘lishi shart.

Shu munosabat bilan deputatlarimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchiman. Saylovoldi uchrashuvlarida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha, aniq dastur va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda uni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda to‘liq amalga oshirish zarur.

Aks holda, sizlarga ishonch bildirgan saylovchilar oldida deputatning obro‘si bo‘lmaydi, partiyaning mavqei tushib ketadi.

Chunki bugun xalqimizning tafakkuri ham, dunyoqarashi ham, talab va ehtiyojlari ham butunlay o‘zgargan. Xalqimiz hammadan ziyrak va ulug‘dir.

Ikkinchidan, boshqaruv tizimi sifatini oshirishda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni amalda to‘liq ta’minlash bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz zarur.

Virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani, xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni talab etadi.

Endi davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu murojaatlarni qay darajada hal etayotgani bo‘yicha hisobotini, parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadini taqsimlash, nafaqa oluvchilarni adolatli belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish, bundan buyon Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshiriladi.

Har bir deputat Xalq qabulxonalari bilan doimiy ishlab, o‘z hududida yashayotgan aholi muammolarini yechishda faol ishtirok etishi, odamlarning dardu tashvishlarini tinglashi kerak.

Shunda deputatlar o‘z saylovchilariga bergan va’dalari ustidan chiqadi, xalqning ishonchini oqlaydi, mehrini qozonadi.

Shunda men ham, nafaqat Prezident, balki oddiy saylovchi sifatida sizlardan juda minnatdor bo‘lar edim.

Uchinchidan, biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.

Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur.

Shuning uchun ham, bog‘chadan boshlab, oliy o‘quv yurtigacha, ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik.

Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak.

Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”.

Tadbir davom etmoqda.

Поделиться