O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat qay darajada xavfli?

2020-01-23 | Sog‘liqni saqlash

Avval xabar qilganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasida Koronavirusning yangi tipi epidemiyasi yuzaga kelgan. 2020 yilning 23 yanvar tonggi holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 571 holatda Koronavirus kasalligi aniqlangan, ulardan 17 nafar inson vafot etgan. Shuningdek, kasallik Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda aniqlangan. Uxan shahrida o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, ayrim kasallangan bemorlar mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qilgan. Ko‘krak qafasining rentgenografiya xulosasiga ko‘ra, ayrim holatlarda bemorlarning o‘pkalari shikastlangan. Koronavirus infektsiyasining asosan hayvonlardan yuqishi taxmin qilingan. Bugungi kunda esa ushbu kasallikning odamdan-odamga yuqishi ma’lum bo‘lgan va 14 nafar tibbiyot xodimi ham mazkur xastalikni yuqtirib olgan.

Xitoyda yuzaga kelgan Koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat qay darajada xavfli? Bu borada qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Ushbu holatda aholiga qanday ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi?..

Shu kabi savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bugun, soat 14.00 da tashkil etiladigan ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan Koronavirus hamda gripp kasalliklariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan.

Поделиться